Toshkent metropoliteni TTZgacha olib boriladi
Jamiyat
−
20 mart
6302Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Bu haqda bugun, 20 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishayotganida ma’lum qilindi.
Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalari ko‘rib chiqildi va Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgani aytildi.
Prezident avval taqdim qilingan loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, boshqa muqobil takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq tayyorlangan yangi loyihaga ko‘ra, Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev metro bekatlari, kutish joylarida ham mo‘’jaz kitob do‘konlari tashkil etish maqsadga muvofiqligini aytgan.
LiveBarchasi