Szinpin O‘zbekistonda Putin bilan uchrashmoqchi – WSJ
Olam
−
19 avgust 2022
11385Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa yetakchilar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Si Szinpinning Putin bilan uchrashuv o‘tkazish qaroriga AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi sabab bo‘lgan.
“Szinpinning Samarqand safari G‘arbning Xitoyni tiyib turish uchun qilayotgan sa’y-harakatlariga qarshi turish uchun AQSH ittifoqchilari bo‘lmagan mamlakatlar bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi maqsadini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Si Szinpin SHHT sammiti doirasida Pokiston, Hindiston va Turkiya rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur sammit Eron 2021 yil sentyabrida tashkilotga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilganidan beri birinchisidir.
Unda SHHTga a’zo davlatlar, xususan, O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron. Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.
Sammitda tashkilotga a’zo ko‘plab davlatlar bilan umumiy chegaraga ega Afg‘onistondagi vaziyat har tomonlama muhokama qilinadi va muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq, Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi