Szinpin Modini chegaradagi vaziyatni yumshatishga chaqirdi

Olam

image

Xitoy Raisi Si Szinpin Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga ikki davlat o‘rtasidagi chegara bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Si Szinpin va Modi o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 23 avgust kuni Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida, BRICS sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan.

“Biz ikki tomonlama munosabatlardagi umumiy vaziyatdan kelib chiqib, chegara masalalarini to‘g‘ri hal etishimiz, chegaraga tutash hududda tinchlik va osoyishtalikni birgalikda saqlashimiz kerak”, degan Si Szinpin.

Uning qayd etishicha, munosabatlarning normallashuvi Pekin va Nyu-Dehli manfaatlariga mos keladi. 

“Bundan tashqari, bu global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deya xulosa qilgan Xitoy rahbari.

Ma’lumot uchun, Xitoy va Hindiston o‘rtasida Himolay tog‘larida demarkatsiya qilingan chegaraning yo‘qligi, o‘nlab yillar davomida keskinlik manbai bo‘lib kelgan. 1959 yilda Nyu-Dehli Xitoy tomoni Arunachal-Pradesh shtatining bir qismini rad etganini e’lon qilgan. 1962 yilda qurolli to‘qnashuv boshlangan, oqibatda Ladax va Aksay Chin tumanlaridagi 38 ming kvadrat metrga yaqin maydon XXR nazoratiga o‘tgan. 2020 yil may oyida Xitoy-Hindiston chegarasidagi Ladax tog‘li hududida yana to‘qnashuvlar bo‘lgan. Xitoy va Hindiston hududga og‘ir artilleriya, tanklar va samolyotlar olib kelgan. Harbiy va diplomatik darajadagi qator muzokaralardan so‘ng ular qo‘shinlarni bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlagan. 

Biroq 2022 yil dekabr oyida ushbu mintaqada yana to‘qnashuv boshlangan. Joriy yilning yanvar oyida Reuters Ladax politsiyasining maxfiy tadqiqot hujjatiga tayanib, Ladaxning Himolay mintaqasida hind politsiyasining xavfsizligini baholash Hindiston va Xitoy o‘rtasida yangi to‘qnashuvlar yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatganini xabar qilgan.

Shuningdek, Xitoy-Hindiston chegarasida joylashgan hududlarga Pokiston ham da’vogarlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tszin'pin Modini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing