Makron va Szinpinga nomi tufayli “rus torti” tortilmadi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning sevimli shirinliklaridan biri Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan tushlikda dasturxonga tortilmadi. Bu haqda “Le Figaro” gazetasi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, Pireneyga safari chog‘ida mamlakatlar yetakchilari va ularning turmush o‘rtoqlari Col du Turmalet dovonida tushlik qilgan. Dastlab, menyuga Pireneyning o‘ziga xos taomi – bodomli pechene va pralindan tayyorlangan “rus torti”ni kiritish rejalashtirilgan edi. Afsonaga ko‘ra, desert o‘z nomini Qrimdan kelgan retseptdan olgan deb ishoniladi.

"Uning shakar kukuni bilan qoplangan tashqi ko‘rinishi ham Rossiyaning qorli tekisliklariga o‘xshaydi", deb yozadi nashr.

Biroq, dunyodagi siyosiy vaziyat fonida, diplomatik janjalning oldini olish uchun shirinlikni qoraqat pirogi bilan almashtirishga qaror qilindi.

Shuningdek, Si Szinpin va Emmanuel Makronga an’anaviy mahalliy taom va qora cho‘chqa bilan qovurilgan qo‘zichoq tortilgan.

Ma’lumot uchun, Si Szinpin Fransiyaga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Ukrainadagi mojaro chog‘ida Pekinni Moskva bilan yaqin aloqada bo‘lgani uchun tanqid qilgan G‘arb davlatlaridan g‘azablangan edi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi 5 may kuni rasmiy tashrif bilan Yevropaga bordi. Xitoy rahbarining safari 10 mayga qadar davom etadi. Si Szinpin Fransiya, Serbiya va Vengriyada bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Makron Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made