Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashda g‘alaba qozondi – Si Szinpin

Olam

image

Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashda "to‘liq g‘alaba"ga erishdi. Bu haqda mamlakat rahbari Si Szinpin e’lon qildi, deb yozmoqda "Sinxua" yangiliklar agentligi. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi aholi eng zich joylashgan mamlakatda mutlaq qashshoqlik yo‘q qilingan. 

Qayd etilishicha, Xitoyda so‘nggi sakkiz yil ichida qashshoqlik chegarasida yashovchi 98,99 million qishloq aholisi kambag‘allikdan butkul qutulgan. 

"Barcha 832 ta qashshoq okruglar va 128 mingta qashshoq qishloqlar tilanchilar ro‘yxatidan chiqarildi", deyilgan xabarda. 

Si Szinpin ushbu voqeani "tarixga kirishga arzigulik mo‘’jiza" deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tszin'pin

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing