Szinpin Markaziy Osiyoni “rangli inqiloblar”ga qarshi turishga chaqirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

XXR Raisi Si Szinpin Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari “rangli inqiloblar”ni qo‘zg‘atishga bo‘lgan tashqi urinishlarga qarshilik ko‘rsatishi, terrorizm va separatizmga mutlaqo toqat qilmasliklari kerakligini aytdi. Bu haqda Xitoy yetakchisi Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida aytib o‘tdi

Szinpinning fikricha, Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati Global xavfsizlik tashabbusini birgalikda amalga oshirishi kerak.

“Oltilik davlatlari ularga nisbatan bo‘layotgan tashqi aralashuvga, shuningdek, “rangli inqiloblar”ni qo‘zg‘atishga urinishlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatishi kerak. Terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi “uch kuchi”ga nisbatan murosasiz kurashish kerak”, deydi Xitoy rahbari.

Eslatib o‘tamiz, “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti 18-19 may kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Si Szinpin, shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni Sian shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammitida nutq so‘zlagan edi. U sammit asrlar davomida butun Yevroosiyoning sivilizatsiyaviy rivojida o‘zaro bog‘liqligi va taraqqiyotida muhim omil bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘lining boshlanish nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan ko‘hna Sian shahrida o‘tayotgani ramziy ma’noga egaligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin rangli inqilob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing