“SUM”ning egasi Anvar Gabbazov Kolya Qirg‘izga aloqadorlikda ayblanib, qidiruvga berildi

Olam

image

Qirg‘izistonlik taniqli tadbirkor, Markaziy univermag (SUM) rahbari Anvar Gabbazov (hozirgi Mametov) xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh a’zolari Qamchibek Asanbek (Qamchi Ko‘lboyev – Kolya Qirg‘iz) va uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirgan yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy daromadlarni legallashtirishga doir jinoyat ishini tergov qilish doirasida Markaziy univermag egasi Anvar Gabbazov Jinoyat kodeksining 263-moddasi 1-qismi (uyushgan guruhlar va jinoiy jamoalarni moliyalashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda sirtdan ayblangan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Anvar Gabbazov uyushgan jinoiy guruhlar a’zolarini moliyalashtirish, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan shug‘ullanganini bildirdi. 

Tergov jarayonida u o‘zining yordamchisi M.Ramonov orqali Qamchibek Asanbekka (Qo‘lboyev) zirhli Mercedes-Benz 222 rusumli avtomashinani sovg‘a qilgani aniqlangan. 2020 yil oktyabr oyida ushbu mashina Qirg‘iziston Respublikasining sobiq bosh vaziri Sapar Isakov qamoqdan chiqqanidan keyin unga topshirilgan edi.

Shu bilan birga, jinoyat ishi doirasida Anvar Gabbazov va Qamchi Ko‘lboyev o‘ziga tegishli shaxslar bilan birgalikda Qora-Oy qishlog‘idagi 42 gektarlik yer maydoniga ega, 15 million AQSH dollari qiymatidagi sobiq “ZIL” pansionati hududini qonunga xilof ravishda egallab olgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Mulk boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Anvar Gabbazovning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan uni topishda yordam so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (“Kolya Qirg‘iz”) Bishkekda qo‘lga olinayotganda mamlakat Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev To‘qmoq shahrida qo‘mitaning yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyatchilarga qarata “bittasi bosh ko‘tarsa, o‘sha boshni chopishi”ni aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kolya Qirg'iz Anvar Gabbazov Qamchi Ko'lboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing