Sukerberg UFC chempionlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

image

Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan milliarder Ilon Maskga qarshi jang fonida UFC chempionlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Sukerberg kecha, 11 iyul kuni amaldagi UFC chempionlari Yangi Zelandiya vakili Israel Adesanya (o‘rta vazn) va Aleksandr Volkanovski (yarimengil vazn) bilan jiddiy mashg‘ulot o‘tkazgan. U bilan birga mashq qilgan MMA jangchilarining fikricha, Sukerberg ajoyib jang formasida va u rostdan ham mazkur jang tashkil etilishini xohlamoqda.

“Markning niyati jiddiy, bu ajoyib biznes”, deydi Israel Adesanya.

Eslatib o‘tamiz, Sukerberg va Mask dastlab joriy yilning 20 iyun kuni Twitter'da o‘zaro bahslashib, AQSHning Las-Vegas shahridagi oktagonda jang qilishga kelishib olgandi. Biroz vaqt o‘tgach, UFC Prezidenti Dana Uayt har ikki milliarderning niyati jiddiy ekanini ma’lum qilib, mazkur bahsning tashkiliy masalalariga o‘zi bosh-qosh bo‘lishini aytgan edi.

Shundang so‘ng, Ilon Mask Sukerbergga qarshi jangga UFC afsonasi Jorj Sen-Per, jiu-jitsu murabbiyi Jon Danaxer va podkaster Leks Fridman bilan birga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edi


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ilon Mask Mark Tsukerberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing