SSKA klubining o‘zbekistonlik a’zosi tur ramziy jamoasidan joy oldi

Sport

image

Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev “Championat.com” sayti tomonidan Rossiya chempionatining 14-tur ramziy jamoasiga kiritildi. 

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi ramziy jamoaning chap qanot yarim himoyasidan o‘rin egalladi. 

“Yaqin vaqtgacha ko‘pchilik tanimaydigan 20 yoshli yigit RPLni “buzmoqda”. “Pari NN” bilan dramatik o‘yin uning navbatdagi shousiga aylandi. Abbos Viktor Davilaga g‘alaba to‘pini kiritishda yordam berdi, ikkita golli uzatma amalga oshirdi va odatdagidek hujumda faol bo‘ldi. Uning doimiy yuqori darajadagi o‘yinini tomosha qilish esa odatiy holga aylandi”, deyiladi manba xabarida. 

Ramziy jamoa:

Darvozabon: Igor Leshuk (“Dinamo”).
Himoyachilar: Yegor Teslenko (“Rubin”), Straxinya Erakovich (“Zenit”), Villian Rosha (SSKA).
Yarim himoyachilar: Nikita Burmistrov (“Sochi”), Vyacheslav Yakimov (“Fakel”), Danil Prutsev (“Spartak”), Abbosbek Fayzullayev (SSKA)
Hujumchilar: Jon Kordoba (“Krasnodar”), Yevgeniy Markov (“Fakel”), Anton Zinkovskiy (“Spartak”).


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev Rossiya chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing