Sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytirildi
Jamiyat
−
31 avgust 2021
5204O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.
Avvalroq, umumiy ovqatlanish korxonalari 2021 yil 31 dekabrga qadar yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi