O‘zbekiston 2025 yilgacha sement importiga nol bojini uzaytirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 2025 yilgacha sement importiga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. Shuningdek, yana olti guruh qurilish materiallari importi stavkasi nolga tushadi. Bu haqda Prezidentning 2023 yil 13 apreldagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 51-sonli Farmonida belgilanmoqda

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar import qilishda quyidagi qurilish materiallari va xomashyolarga bojxona bojining nol stavkasi amal qiladi:

  • Portlandsement, glinozem sement, shlakli sement, supersulfatli sement yoki o‘xshash gidravlik sementlar, bo‘yalmagan yoki bo‘yalgan sement, tayyor yoki klinker shaklidagi sement;
  • yog‘och materiallar;
  • yelimlangan fanera, faneralangan panellar va analogik qatlamli yog‘och;
  • beton quyish uchun qoliplar;
  • energiya tejamkor bazalt qoplamalari;
  • issiqlik bilan polirovkalangan shisha va yuzasi shlifovkalangan yoki polirovkalangan shisha.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 aprel kuni Prezident raisligida 2023 yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilib, unda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish maqsadida 2025 yilgacha ayrim qurilish materiallari importiga boj bekor qilinishi aytilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

tsement qurilish materiallari bojxona boji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing