SAXALga G‘azo aholisining chiqib ketish rejasini tayyorlash topshirildi

Olam

image
Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi? north_east

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi?

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats mamlakat armiyasiga G‘azo aholisiga Falastin hududini ixtiyoriy ravishda tark etish va ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan istalgan mamlakatga jo‘nab ketish imkonini beruvchi reja ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

“Reja yer orqali chiqish nuqtalarini o‘z ichiga oladi, shuningdek, dengiz va havo orqali chiqish uchun maxsus mexanizmlar yaratiladi. Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya va boshqa davlatlar Isroilni G‘azodagi harakatlari uchun asossiz ravishda ayblagan. Ular qonunan G‘azo aholisini o‘z hududlariga kiritish majburiyatiga ega va agar rad etishsa, ularning ikkiyuzlamaligi fosh bo‘ladi. Shu bilan birga, Kanada kabi muhojirlik dasturiga ega davlatlar avval G‘azo aholisini qabul qilishga tayyorligini bildirgan”, deydi u.

Shuningdek, vazir G‘azo aholisi butun dunyodagi odatga ko‘ra, erkin harakatlanish va migratsiya qilish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

“Men Prezident Donald Trampning jasoratli tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman. Bu tashabbus G‘azo aholisining chiqib ketishini ta’minlash, ularni qabul qiluvchi davlatlarda joylashtirish va HAMASdan keyingi demilitarizatsiyalarga, tahdidsiz G‘azoni qayta tiklash yo‘lida uzoq muddatli harakatlarga yordam beradi — bu esa ko‘p yillarni talab qiladi”, deb qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qabul qilib, G‘azo aholisining kelajagi haqida bir qator bayonotlar bergandi. Netanyaxu bilan muzokaralar oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida Tramp falastinliklarni G‘azodan zo‘ravonlikdan qo‘rqmasdan yashashlari mumkin bo‘lgan joylarga doimiy ravishda ko‘chirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Binyamin Netanyaxuni Oq uyda kutib olgan Tramp o‘zi va uning jamoasi G‘azo aholisini joylashtirish imkoniyatlarini Iordaniya, Misr va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan qayta muhokama qilayotganini aytgan.

Bu rejaga ko‘plab mamlakatlar salbiy fikr bildirgandi, xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) yig‘ilishida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH Prezidenti Donald Trampning G‘azoda aholining majburiy ko‘chirilishi haqidagi tashabbusiga javoban ushbu hududda etnik tozalashning oldini olish zarurligini ta’kidlagan. Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Kaspar Veldkamp esa AQSH Prezidenti Donald Tramp ilgari surgan taklifga munosabat bildirib, G‘azo sektorining AQSH nazoratiga o‘tishi Niderlandiya uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan g‘oya ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp TsAXAL Isroil Kats G'azo aholisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing