Tryudo ketdi. Yangi Bosh vazir qachondan ishga kirishadi?

Olam

image

Kanadaning bo‘lajak bosh vaziri Mark Karni 2025 yilning 14 mart kuni qasamyod qilib, hukumat boshqaruviga kirishadi. Bu haqda CTV telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, marosim mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) Kanada general-gubernatori Meri Saymon qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tartib-qoidaga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudo general-gubernator huzuriga borib, rasman iste’fosini e’lon qiladi. Shundan so‘ng, Karni zarur qasamyodlarni qabul qilib, bosh vazir sifatida ish boshlaydi. Karni bilan birga uning hukumat a’zolari ham qasamyod qiladi, biroq kimlar vazirlar mahkamasiga kiritilishi hozircha noma’lum.

Shuningdek, yangi bosh vazir o‘z hukumatini taqdim etadi, jumladan, u tayinlagan vazirlar ro‘yxatini e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zining oxirgi matbuot anjumanida Jastin Tryudo ko‘zida yosh bilan “har kuni” kanadaliklarni birinchi o‘rinda qo‘yganini va ularni qo‘llab-quvvatlaganini aytgandi. Shuningdek, u “yangi, qonuniy ravishda saylangan vorisga” vakolatlarini topshirishni “sabrsizlik bilan kutayotganini” qo‘shimcha qilgan. Lavozimini tark etayotgan Bosh vazir o‘ziga iste’fo e’lon qilingandan keyin ommaviy palatadan o‘z stulini olib chiqib ketayotib, kameraga tilini ko‘rsatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada Tryudo Yangi Bosh vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing