Trebl uchun kurash va mavsumni qutqarish ilinji. Bugun “El klasiko” bo‘ladi

Sport

image

Bugun, 26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalida “Barselona” va “Real Madrid” o‘zaro to‘qnash keladi. Kecha, 25 aprel kuni esa VAR hakami sabab o‘yin bekor bo‘lish xavfi ostida qolgan edi. Ammo hammasi joy-joyiga tushdi va bahs o‘tkazilishi oydinlashdi.

Trebl sari odimlayotgan “Barselona”

Kataloniyaning “Barselona”si joriy mavsumda trebl qayd etishi mumkin bo‘lgan klublardan biri. Chunki PSJ klubi mamlakat chempioni hisoblanadi va kubok uchun ham asosiy da’vogarlardan biri. Chempionlar ligasida esa parijliklar “Arsenal”ga qarshi yarim finalda duch keladi. Shu sabab bilan kataloniyaliklar azaliy raqibiga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatib, sovringa ega chiqishga intiladi.  Qolaversa, klub Yevropa Chempionlar ligasida ham yurishini davom ettirmoqda. Klub yarim finalda Italiyaning “Inter”iga qarshi maydonga tushadi. La Ligada esa asosiy raqobatchisi “Real Madrid” bilan oradagi farq 4 tani tashkil etadi va chempionat taqdirini hal qiluvchi o‘yin 11 may kuni bo‘lib o‘tadigan “El klasiko”da hal bo‘ladi. Shunday ekan, Xansi Flik shogirdlari uchun trebl sari har bir o‘yin finaldek o‘tadi.

“Real”ning erishishi mumkin bo‘lgan yagona sovrin

Madrid klubi Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Aresenal”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda musobaqani tark etdi. La Ligada ham asosiy raqobatchisi “Barselona”dan 4 ochko orqada. Ha, imkon bor, ammo qiyin bo‘ladi. Shu sabab “qirollik klubi”ning bor e’tibori Ispaniya kubogiga qaratilsa ajab emas. Chunki ushbu sovrin jamoa rahbariyatini ancha-muncha xursand qilishi tayin. Qolaversa, kubok qo‘lga kiritilsa, madridliklar ustozi Karlo Anchelotti jamoada qolish ehtimolini keltirib chiqaradi. Shunday ekan, bugungi bahs har tomonlama Madrid klubi uchun muhim sanaladi.

Ikki jamoa tarkibidagi muhim yo‘qotishlar

Har ikkala klub ham mazkur to‘qnashuvga muhim yo‘qotishlar bilan kelmoqda. Ayniqsa, “Barselona”. Sababi jamoa safida Robert Levandovski, Alexandro Balde kabi asosiy tarkib o‘yinchilari azaliy raqibga qarshi bahsni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi. Asosiy hujumchining yo‘qligi jamoa o‘yiniga ta’sir qilishi tayin. Ammo Flik tajribali murabbiy va Levandovski o‘rniga kimni maydonga tushirishni va muammoni qanday bartaraf etishni biladi. Lekin himoyachi bo‘lganda ham qanot himoyachining yo‘qligi katta muammolarni chiqarishi mumkin. Sababi madridliklar qanot hujumidagi ikki futbolchi juda tez va tajribali. “Barselona”da esa chap qanotda o‘ynay oladigan Jerar Martin bor xolos. 

“Real Madrid” safida esa asosiy tarkib o‘yinchilaridan Eduardo Kamavinga jarohat olgan va bu bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, himoyachi David Alaba ham o‘tkazib yuborish ehtimoli bor, ammo qaydnomaga kiritildi. Biroz oldin chiqqan xabarlarga ko‘ra, jamoa hujumchisi Kilian Mbappe to‘pig‘idan jarohat olgan va o‘yinni o‘tkazishi so‘roq ostida. Lekin “Real”da bu yo‘qotishlarni o‘rnini bosadigan futbolchilar talaygina topiladi. To‘g‘ri, Mbappe tushmasa, jamoaga qiyin bo‘lishi mumkin, ammo Anchelotti o‘ta tajribali murabbiy va bu o‘yinda ham shogirdlarini g‘alaba uchun maydonga olib tushadi. 

Taxminiy tarkiblar

“90 min”, “Sportsmole” kabi nashrlar ushbu uchrashuv uchun taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.

“90 min” talqiniga ko‘ra “Barselona” tarkibi:

Shensni, Kunde, Kubarsi, Martines, Fort, De Yong, Pedri, Olmo, Yamal, Rafinya, Torres.

“Real” tarkibi:

Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Mendi, Modrich, Chuameni, Rodrigo, Bellingem, Vinisius, Mbappe.

“Sportsmole” talqiniga ko‘ra, “Barselona” tarkibi:

Shensni, Kunde, Kubarsi, Martines, Martin, De Yong, Pedri, Fermin, Yamal, Rafinya, Torres.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” – “Real Madrid” o‘rtasidagi o‘yin 27 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ispaniya kubogi Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing