“Traxys” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
19:02 398 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Traxys” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Mark Kristoffni qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
.jpg)
O‘tgan bir yil davomida “Traxys” kompaniyasi bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, jumladan, bitimlar imzolanib, Toshkent shahrida kompaniyaning Markaziy Osiyodagi ilk mintaqaviy ofisi ochilgani ta’kidlangan.
.jpg)
Shuningdek, Amerika texnologiyalari asosida muhim minerallar, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
.jpg)
Ma’lumot uchun, “Traxys” kompaniyasi muhim xomashyo va minerallarni yetkazib berish bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, metallar va minerallarni xarid qilish, logistikasini tashkil etish, moliyalashtirish hamda sotish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va Bosh ijrochi direktori Jenni Jonson hamda “Wabtec” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va Bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qilgandi.
Live
Barchasi