“Trassa”dan erkak kishining murdasi topildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Haydovchi Qoraqalpoqda DAN xodimlari bilan janjaldan so‘ng sirli tarzda olamdan o‘tdi…” sarlavhali maqola e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur maqolaga asos bo‘lgan voqealar bo‘yicha haqiqatni ochiqladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan joriy yilning 12 noyabr kuni  A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynou” yo‘nalishida fuqaro N.Holiqovning murdasi topilgan. Mazkurholat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Aniqlanishicha, 12 noyabr kuni soat 22:00larda Qo‘ng‘irot tumanidagi bojxona postida fuqaro S.Urinov boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB 3-safarbarlik guruhi inspektorlari tomonidan to‘xtatilib, yo‘l harakati xavfsizligi qoidasi buzilganligi holati yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilishi haqida aytilganida, avtomashina yo‘lovchisi O.Xusanov inspektorlarni haqorat qilgan. 

O.Xusanov inspektorlar bilan janjallashgan vaqtida avtomashina yo‘lovchisi Samarqand viloyati, Nurobod tumanida yashovchi N.Holiqov ushbu holatni telefonining video kamerasiga olish jarayonida YHXB inspektorlari undan videoga olmasligini so‘rashgan. Shunda, N.Holiqov YHXB inspektorlari  telefonini olib qo‘ymasliklari uchun avtomashinadan tushib qochib ketgan.

Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng, A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynou” asfalt yo‘lining 874-875-km.da (tadbir o‘tkazilayotgan joyidan 450 metr uzoqlikda) N.Holiqovning murdasi topilgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum N.Holiqovning o‘limi yurak qon tomir yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqanligi sabab bo‘lgan. 

Xozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Holat bo‘yicha YHXB xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

349

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing