Transportda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari elektron tenderlar orqali taqsimlanadi

Jamiyat

image
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi north_east

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 1 martgacha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo‘yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.

2022 yil 1 martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron tizim orqali o‘tkaziladi.

Qaror bilan tenderni o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda tender takliflariga qo‘yiladigan talablar, g‘oliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.

2022 yil 1 iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

transport tender yo'lovchi

Baholaganlar

53

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing