Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi qisqartirildi. Undan nimalar olib tashlandi?

Olam

image

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tugatishga qaratilgan AQSH rejasi Jenevadagi muzokaralarda qayta ko‘rib chiqildi. Hujjat 28 banddan 19 bandga kamaytirildi. Bu haqda muzokaraga aloqador manbalarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu qisqarish Kiyev va Yevropa Ittifoqi vakillari hujjatdagi ayrim talablarning qabul qilib bo‘lmasligini bildirganidan keyin yuz bergan.

“Oldingi barcha ko‘rib chiqqan 28 bandlik tinchlik rejasi endi mavjud emas. Bir qismi olib tashlandi, yana bir qismi o‘zgartirildi”, degan Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Aleksandr Bevz. 

U Kiyevning barcha takliflari va e’tirozlari inobatga olinganini ta’kidlagan.

“The Washington Post” nashrining yozishicha, Shveysariyadagi muzokaralardan so‘ng yangilangan tinchlik rejasidan AQSH va Rossiya o‘rtasidagi, Ukraina mojarosiga bevosita aloqasi bo‘lmagan munosabatlarga oid bandlar chiqarib tashlangan.

Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish masalasi alyansning o‘z protseduralari doirasida ko‘rib chiqilishi kerakligini talab qilgan, bunda a’zolik barcha davlatlarning konsensusi (bu barcha tomonlarning umumiy roziligi, ya’ni hamma kelishib, qarshi bo‘lmagan holat) bilan hal qilinadi. Bu aslida dastlabki loyihadagi NATO kengayishiga veto huquqi berish g‘oyasini bekor qiladi.

“Politico” nashrining yozishicha, Vladimir Zelenskiy eng nozik hududiy masalalarni Donald Tramp bilan shaxsan muhokama qilishni rejalashtirmoqda. WP ma’lumotiga ko‘ra, bu uchrashuv ham, telefon orqali suhbat ham bo‘lishi mumkin.

“Bloomberg”ning yozishicha, yangi versiyadan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan qariyb 100 mlrd dollarni AQSH nazoratidagi Ukraina tiklanish fondiga yo‘naltirish haqidagi band ham olib tashlangan. Yevropa amaldorlari bu o‘zgarishni ijobiy baholagan. Chunki oldingi variantda 50 foiz foyda AQSHga berilishi va sarflanmagan mablag‘lar Amerika-Rossiya investitsiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Jenevadagi muzokaralardan so‘ng tinchlik rejasi bandlari kamayganini tasdiqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Yevropaning takliflari samarasiz va Kreml manfaatlariga mos kelmasligi haqida aytgan edi. U Yevropa takliflari, deganda AQSH va Ukraina delegatsiyalari Jenevada muhokama qilgan o‘sha hujjat nazarda tutilgan-mi yoki yo‘q aniq aytmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing