Trampning respublikachilar orasidagi so‘nggi raqibi ham prezidentlik poygasidan chiqdi

Olam

image

AQSHning BMTdagi sobiq elchisi va Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Xeyli Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashdan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Nikki Xeyli AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning Respublikachilar partiyasidagi so‘nggi raqibi edi.

“Kampaniyamni to‘xtatish vaqti keldi. Men hech narsadan afsuslanmayman”, deydi Nikki Xeyli tarafdorlari bilan suhbatda.

“Reuters” agentligining qayd etishicha, Nikki Xeylining prezidentlik poygasidan chiqishi Donald Trampning bo‘lajak saylovlarda amaldagi Prezident Jo Bayden bilan “revansh”da Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishini kafolatlaydi.

Xeyli o‘zining qisqa nutqida tarafdorlarini sobiq prezidentga ovoz berishga undamadi.

Ma’lumot uchun, 5 noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Unda asosiy nomzodlar sobiq prezident Donald Tramp va amaldagi davlat rahbari Jo Bayden mamlakatdagi eng yuqori lavozim uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni AQSHning 15 shtati va bir orol hududida Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining praymerizlarida AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden va mamlakatning sobiq rahbari Donald Tramp deyarli barcha ovozlarni qo‘lga kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Nikki Xeyli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing