Trampning pozitsiyasi Isroil-Eron urushini keltirib chiqarishi mumkin – NYT
Olam
−
18:35
2325AQSHda prezidentlikka saylangan Donald Trampning Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlashi Eron va yahudiy davlati o‘rtasida keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvni yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tramp o‘z ma’muriyatining muhim lavozimlariga isroilparast qarashlari bilan tanilgan siyosatchilarni tayinlashni taklif qilgan. Bundan tashqari, u kelajakda Isroilning Eronning yadroviy ob’ektlariga hujum qilishini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida oldin ham fikr bildirgan.
Nashrning yozishicha, Isroil va Eron o‘rtasidagi joriy yil aprel va oktyabr oylarida yuz bergan hujumlar AQSHning 2003 yilda Iroqqa bostirib kirishida qo‘llangan “Shok va qo‘rquv” doktrinasiga unchalik mos emas. Ushbu strategiya raqibning nafaqat harbiy infratuzilmasini, balki qarshilik ko‘rsatish irodasini ham yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Eron va Isroilning quruqlik armiyalari o‘rtasidagi masofa 1,2 ming kilometrni tashkil qilgani bois ushbu doktrinani joriy mojaro sharoitida qo‘llash ehtimoli past. Ammo Trampning Isroil-Eron mojarosiga nisbatan pozitsiyasi yanada radikallashgan taqdirda qarama-qarshilikning keskinlashishi ehtimoli ortadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Eronni yadroviy qurol ishlab chiqish va mintaqadagi harbiy guruhlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan daromaddan mahrum qilish maqsadida unga “maksimal bosim” rejasini qo‘llash niyatida ekani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi