Trampning odamlari Moskvaga bordi (video)
Olam
−
17:13 2226 2 daqiqa
Bugun, 5 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donld Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner Moskvaga yetib bordi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, amerikalik muzokarachilar bo‘lgan maxsus samolyot Moskvaning Vnukovo aeroportiga Moskva vaqti bilan soat 12:52 da qo‘ngan.
Shuningdek, ularni aeroportda Rossiya Prezidentining xorijiy davlatlar bilan investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev kutib olgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner joriy yilning 5–6 sentyabr kunlari Moskvaga, shundan so‘ng Kiyevga borishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng, AQSH Prezidenti Donald Tramp ular Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlash bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish uchun xorijga yo‘l olishini ma’lum qilgan.
“Axios”ning yozishicha, Uitkoff va Kushner kecha, 4 sentyabr kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashib, safarni muhokama qilgan. Amerikalik muzokarachilarning tashrifi razvedka xizmati direktori Jon Retkliffning Moskvada Rossiya razvedkasi va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvidan 10 kun o‘tib amalga oshmoqda.
Tramp ma’muriyati vositachiligidagi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar fevral oyi o‘rtalarida Eronda harbiy harakatlar boshlanganidan keyin to‘xtatib qo‘yilgan edi. Shu bilan birga, “Axios”ning yozishicha, Uitkoff va Kushner so‘nggi bir necha oy davomida Rossiya va Ukraina vakillari bilan alohida muzokaralar olib borgan, biroq sezilarli ilgarilashga erishilmagan.
Live
Barchasi