Trampning xotini BMT yig‘ilishida raislik qiladi

Olam

image

AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp 2 mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishiga raislik qiladi. Ushbu sanadan e’tiboran bir oy davomida AQSH mazkur kengashga raislik qiladi. Bu haqda AQSHning BMTdagi vakolatxonasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Melaniya Tramp AQSH nomidan Kengash yig‘ilishini boshqarib, ta’limning tinchlikni mustahkamlashdagi o‘rniga e’tibor qaratadi. Shu tariqa u BMT tarixida Xavfsizlik kengashiga raislik qilgan ilk amaldagi AQSH Prezidentining turmush o‘rtog‘i bo‘ladi.

Yig‘ilish ta’lim, texnologiyalar, tinchlik va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, Melaniya Tramp AQSHda rasmiy davlat lavozimiga ega emas. Biroq Xavfsizlik kengashida raislik qilayotgan davlat aniq bir yig‘ilishni kim boshqarishini mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bu holat birinchi marta yuz berayotganini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari kengash yig‘ilishlarida ishtirok etgan, ammo raislik qilmagan.

Esaltib o‘tamiz, avvalroq AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp va tadbirkor Ilon Mask AQSH fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Xavfsizlik Kengashi Melaniya Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing