Trampning qizi va kuyovi hashamatli mulkka ega bo‘ldi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp eri Jared Kushner bilan birgalikda Amerikaning Indian-Krik orolidan qiymati 30 million dollardan (24,8 million yevro) oshadigan katta yer uchastkasiga ega bo‘ldi

Qayd etilishicha, Florida shtati Mayami-Deyd okrugidagi “milliarderlar bunkeri” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu hudud haqiqatan ham Florida shtatidagi eng xavfsiz joylardan biri hisoblanadi. 29 ta turar joyga ega bo‘lgan ushbu xususiy, qo‘riqlanadigan va doimiy ravishda yopiq orol 13 nafar politsiyachi kuzatuvida bo‘ladi. 

Ta’kidlanganidek, Donald Tramp Oq uyni tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, uning katta qizi va kuyovi keyingi davrga tayyorlanmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Indian-Krik mamlakatdagi eng eksklyuziv orollardan biri hisoblanadi. Oroldagi turar joylarga milliarder Karl Aykan, kolleksioner Norman Breyman, investor Edvard Lampert, model Adriana Lima kabi taniqlilar egalik qiladi. Tramp-Kushner juftligi esa avval qo‘shiqchi Xulio Iglesiasga tegishli bo‘lgan mulkni sotib olgan. 

Shuningdek, Indian-Krik Tramplar oilasining Mar-a-Lago nomli hashamatli qarorgohidan atigi bir soatlik masofada joylashgan. 

Avvalroq, Ivanka Tramp 2017 yilda otasi Donald Trampning inauguratsiyasi fondidagi mablag‘larning o‘zlashtirilishi bo‘yicha so‘roq qilingani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

IVANKA TRAMP

Baholaganlar

329

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing