Ivanka Tramp otasidan mag‘lubiyatni tan olishini so‘rayapti 

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp otasini prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olishga chaqirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" Tramplar oilasiga yaqin manbaga asoslanib xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Ivanka Donald Tramp va uning ma’muriyati mag‘lubiyatni tan olishlarini rahbariyat jamoasi bilan uchrashuv paytida talab qilgan.

"Ivankaning o‘z rejalari bor. U birinchi kundan buyon oval ofisda joylashgan stoldan ko‘zini uzmayapti", deyilgan manbada. 

Avvalroq, Donald Trampning turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp uning vakolat muddati tugashi bilan ajrashishga ariza bermoqchiligi haqida ma’lumot bergandik. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga asosiy da’vogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

DONAL'D TRAMP IVANKA TRAMP

Baholaganlar

844

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing