Prezidentning qizi Ivanka so‘roq qilindi
Olam
−
04 dekabr 2020
23809AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp 2017 yilda inauguratsiya fondidagi mablag‘larning o‘zlashtirilishi bo‘yicha so‘roq qilindi. Bu haqda Ivankaning o‘zi Twitter sahifasida xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u besh soat davomida Kolumbiya okrugi Bosh prokurori idorasida Trump Hotel'dagi yuqori narxlar bo‘yicha guvohlik bergan.
Demokratik partiya vakillari Tramp o‘z lavozimidan foydalanib, mehmonxonalaridan foyda ko‘rmoqda, deb gumon qilmoqda. Hozirda federal sudlar ushbu mavzu bilan bog‘liq kamida ikkita da’voni ko‘rib chiqmoqda. Trampning o‘zi bu ayblovlarni rad etgan.
Shuningdek, Donald Trampning o‘zi hamda uch farzandining “The Trump Ogranization”dagi faoliyati ularni jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Tramp davlat rahbari lavozimidan ketishidan oldin bir qator shaxslarni, shu jumladan farzandlari va advokatini ham afv etishni rejalashtirgani aytilgandi.