Tramp farzandlarini Baydendan himoya qilish ishlarini boshlab yubordi 

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp o‘z maslahatchilari bilan farzandlari, kuyovi va shaxsiy advokati Rudi Julianini saylovdagi raqibi Jo Baydendan himoya qilish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda "The New York Times" ma’lumot bergan. 

Tramp Bayden hokimiyat tepasiga kelishi bilan Adliya vazirligi uning uch katta farzandi - kichik Donald Tramp, Erik Tramp, Ivanka Tramp va Ivankaning eri Jared Kushnerni nishonga olishidan xavotirlanmoqda.

Nashrga ko‘ra, Manxetten okrugi advokati “The Trump Ogranization” tomonidan amalga oshirilgan soliq buzilishlarini tekshirmoqda. 

Avvalroq, Donald Trampning o‘zi hamda uch farzandining “The Trump Ogranization”dagi faoliyati ularni jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

DONAL'D TRAMP

Baholaganlar

722

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing