Trampning impichmenti Senatga yuborildi

Olam

image
Tramp zudlik bilan Senatda impichment masalasini ko‘rishni talab qildi north_east

Tramp zudlik bilan Senatda impichment masalasini ko‘rishni talab qildi

AQSH Kongressining quyi palatasi Prezident Donald Tramp impichmentini Senatga yuborish uchun ovoz berdi. Bu yakunda Tramp o‘z lavozimini saqlab qolishi yoki uni tark etishini hal qiluvchi jarayonga start berish degani. Eshituvlar kelasi hafta boshlanishi kutilyapti.

Ayblov ishini Senatga berish Trampga impichment e’lon qilinganidan deyarli bir oy o‘tib amalga oshirildi.

AQSH Prezidentiga turli ayblovlarning e’lon qilinishi, davlat rahbarining lavozimini tark etishini anglatmaydi. Bu masalada Senat yakuniy so‘zni aytadi.

Kecha, 15 yanvar kuni o‘tgan ovoz berish natijalari kutilganidek bo‘ldi. Impichmentni Senatga yuborishga demokratlarning birgina a’zosi va respublikachilarning barchasi qarshi bo‘ldi. Jarayon 228 ta rozi va 193 ta qarshi ovoz bilan yakunlandi.

Ovoz berish boshlanguncha, Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Senatda ayblovchi tomonni ya’ni, quyi palatani namoyish qiluvchi "menejerlar"ni tayinladi.

Vakillar palatasi guruhini Kongressning razvedka qo‘mitasi rahbari Adam Shiff boshqaradigan bo‘ldi. Guruhga yuridik qo‘mita rahbari Jerrold Nadler, parlamentariyalar Zoi Lofgren, Xakim Jeffris, Vel Demings, Jeyson Krou va Silviya Garsia kirdi.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp mansab vakolatini suiiste’mol qilish va Kongress ishiga qarshilik ko‘rsatishda ayblanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp impichment Nensi Pelosi

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing