Trampning esankiratuvchi qarori: Sulaymoniy qanday yo‘q qilindi
Olam
−
05 yanvar 2020
17454AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilish haqidagi buyruqni Pentagon amaldorlari va razvedka xizmait rahbariyatini karaht qilib qo‘gan. Bu haqda “The New York Times” nashri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 dekabr kuni AQSHning Iroqdagi harbiy bazasiga shia jangari guruhlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida bir necha amerikalik halok bo‘lgach, eronlik general Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilish muhokama qilingan. Ammo bunga favqulodda chora sifatida qaralgan. Chunki Trampning bunga rozi bo‘lishi dargumondek ko‘ringan.
Tramp o‘tgan yilning 28 dekabr kuni AQSH Harbiy havo kuchlariga Iroqdagi shialarning “Kataib Hizbulloh” harakati ob’ektlariga hujum qilishni buyurgan. Natijada 30 dekabr kuni namoyishchilar Bag‘doddagi Amerika elchixonasiga hujum uyushtirgan.
Joriy yilning 2 yanvar kuni Tramp favqulodda chorani qo‘llashga ko‘rsatma bergan. Bu Pentagon amaldorlarini esankiratib qo‘ygan.
Razvedka AQSHning Iroq, Livan va Suriyadagi ob’ektlariga xavf mavjudligini, chunki Sulaymoniy shu davlatlardagi harbiy qismlariga borgani va yangi hujum tayyorlayotganini aytgan. Shu bilan birga, ba’zi amaldorlar Sulaymoniyning harakati odatiy hol ekanini aytgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy aksilamerika hujumlarini o‘tkazishga ruxsat bermagan va Sulaymoniyni Tehronga chaqirgan. Qayd etilishicha, Davlat kotibi Maykl Pompeo va vitse-prezident Mayk Pens radikal qaror tarafdori bo‘lgan.
Tramp Sulaymoniyning o‘ldirilishini Rojdestvo ta’tillari sabab AQSHning turli hududlarida bo‘lgan milliy xavfsizlik bo‘yicha bir necha nafar yuqori martabali maslahatchisi bilan rejalashtirgan. Ular maxsus himoyalangan aloqa liniyasi orqali muloqot qilgan.
Tramp rejalarining maxfiy qolishi uchun Kongressni bu haqida ogohlantirmagan. Umuman olganda ushbu favqulodda rejadan sanoqli odam xabardor bo‘lgan.
Bular davlat rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O`Brayen, vitse-prezident Mayk Pens, Davlat kotibi Maykl Pompeo, Mudofaa vaziri Mark Esper, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jin Xespel va Oq uy apparati boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchisi Mik Malveni xabardor bo‘lgan.
Pentagondagilar esa o‘tgan yil yozidagi voqealarni nazarda tutib, Trampdan Sulaymoniyni jismonan yo‘q qilish buyrug‘ini kutishmagan.
O‘tgan yilning 20 iyun kuni Eron qurolli kuchlari Amerikaning VMS RQ-4 rusumli dronini urib tushirganidan keyin Tramp Eron hududidagi uchta ob’ektga zarba berishga ko‘rsatma bergan. Ammo Amerika rahbari amaliyot boshlanishiga 10 daqiqa vaqt qolganida hujumni bekor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Eron bugun, 5 yanvar kuni Sulaymoniy bilan vdolashyapti.
LiveBarchasi