“Amerikaga o‘lim!”: Eron milliy qahramoni Sulaymoniy bilan vidolashyapti

Olam

image

Bugun, 5 yanvar kuni Eron mamlakatning asosiy strategi Qosim Sulaymoniy bilan vidolashyapti. Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Sulaymoniyning janozasi mamlakatning Ahvoz shahriga keltirildi.

Yuz minglab eronilklar ko‘chada “Amerikaga o‘lim!” shiorlari bilan intiqom olish haqida baqiryapti. Sulaymoniyning tanasi Ahvozda tashkil etilgan marosimdan keyin Kermonga olib boriladi va dafn etiladi.

Ijtimoiy tarmoqda amerikaliklar tomonidan o‘ldirilgan general so‘nggi yo‘lga Chevrolet (AQSHning General Motors avtokonserni mahsuloti)da kuzatilganiga e’tibor qaratgan.

Eronda general milliy qahramonga aylandi. U bilan xayrlashish uchun millionlab kishilar ko‘chalarga chiqmoqda.

Eronlik politsiyachilar BMTning Tehrondagi ofisi oldiga generalning portretlarini ko‘targan holda to‘planishdi. 

Boshqalar masjidlarda ibodat qilishdi.

Namoyishlar Pokistongacha yetib bordi: Lahordagi shialar Amerika va Isroil bayroqlarini yoqishdi.

Sulaymoniyning o‘ldirilishiga qarshi namoyishlar Kashmirda ham davom etdi.

Sulaymoniyning o‘ldirilishi

Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy AQSHning Bag‘dod xalqaro aeroportiga havo hujumi vaqtida o‘ldirildi. Pentagon operatsiyaga buyruq shaxsan Prezident Donald Trampdan kelganini ma’lum qildi.

Sulaymoniy boshchiligidagi “Quds” bo‘linmasi Eronning mamlakat tashqarisidagi o‘ta muhim operatsiyalarini amalga oshirgan. Shuningdek, general to‘g‘rtidan-to‘g‘ri Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiyga bog‘langani haqida ma’lumotlar mavjud. Uning o‘limidan keyin Oliy rahbar AQSHdan qasos olishni va’da berdi va keyinroq Sulaymoniyning o‘rinbosari Ismoil Qoonini “Quds” qo‘mondoni etib tayinladi.

Tramp Sulaymoniyni millionlab odamlar, jumladan minglab amerikaliklar o‘limida aybladi va uni "dunyoning birinchi raqamli terrorchisi" deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing