Trampning bojlari qachondan kuchga kirishi aytildi
Olam
−
21 fevral 1558 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy etgan qo‘shimcha 10 foizlik boj 24 fevraldan kuchga kiradi va 150 kun amal qiladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, vaqtinchalik import boji 24 fevral soat 00:01 dan (Sharqiy Amerika vaqti bo‘yicha) boshlanadi. Bu boj AQSHga olib kiriladigan tovarlarga qo‘llanadi.
Avvalroq, Tramp “barcha davlatlar”ga nisbatan 10 foizlik global boj joriy qilish haqida farmon imzolaganini aytgan edi.
Bundan bir kun oldin esa Oliy sud AQSH Prezidenti favqulodda holatlar haqidagi qonunga tayanib kiritgan ayrim tariflarni noqonuniy deb topgan. Sud fikricha, Prezident o‘z vakolatidan oshib ketgan.
Sud qarori ko‘plab tariflarga ta’sir qildi. Jumladan, dunyoning ko‘p davlatlariga nisbatan qo‘llanilgan “o‘zaro” bojlar, Xitoy, Kanada va Meksikadan keladigan tovarlarga qo‘yilgan tariflar qayta ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Rossiya neftini sotib olgani uchun Hindistonga nisbatan joriy etilgan “ikkilamchi” bojlar ham o‘zgarishga uchradi.