Trampning arazi tugadi. U JSSTni qayta moliyalamoqchi
Olam
−
16 may 2020
5982AQSH Prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashni qisman tiklamoqchi. Bu haqda “Fox News” nashri xabar berdi.
“Xitoy JSSTga qancha badal puli to‘lasa, AQSH ham shuncha to‘lamoqchi“, deyiladi xabarda
Ma’lum qilinishicha, hozirda Xitoy JSSTga yiliga 40 million dollar beradi. Bu esa AQSHning oldingi yillik to‘loviga qaraganda 10 barobar kamdir.
Ma’lumot uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlari JSSTning eng katta moliyaviy yordamchisi edi. Biroq, 14 aprel kuni Tramp AQSHning JSSTni moliyalashni to‘xtatib, tashkilotni koronavirusning tarqalishi haqida “noto‘g‘ri ma’lumot“ tarqatishda aybladi.
LiveBarchasi