Trampni qutlashdan Lukashenko ham chetda qolmadi
Olam
−
07 noyabr
4618Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko respublikachi Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimiga qaytishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu yil misli ko‘rilmagan kurashda bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalari sizning shaxsiy jasoratingiz timsoliga aylandi. Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimiga qaytganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga sihat-salomatlik, Amerikani yana buyuk qiladigan muvaffaqiyatli siyosiy qarorlar tilayman”, degan Lukashenko.
Ma’lumot uchun, Tramp 2016 yilgi saylovda g‘alaba qozongan, ammo 2020 yilgi saylovda mag‘lub bo‘lgan. Shundan so‘ng, u 2020 yilgi saylovda keng ko‘lamli firibgarlik bo‘lganini da’vo qilib keladi. Ushbu da’volar 2021 yil 6 yanvar kuni Kapitoliyga hujumga olib kelgan bo‘lib, Tramp tarafdorlari Prezident Baydenning g‘alabasini tasdiqlash jarayonini to‘xtatishga harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Markaziy Osiyo yetakchilaridan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev , AQSHning sobiq prezidenti, demokrat Barak Obama Donald Trampni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
LiveBarchasi