Trampga yana Tinchlik uchun Nobel mukofoti taklif qilinmoqda

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning nomzodi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi. 

Siyosatchi nomzodi respublikachi deputat Klaudiya Tenni tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha, bunday mukofotga nomzod ko‘rsatish uchun 2020 yilda tuzilgan “Ibrohim kelishuvlari” imzolanishi targ‘iboti asos bo‘ladi.

Gap Isroil, BAA va Bahrayn erishgan kelishuvlar haqida ketmoqda.

Tennining aytishicha, sobiq Amerika rahbarining bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari "misli ko‘rilmagan va hali Nobel qo‘mitasi tomonidan munosib e’tirof etilmagan".

2020 yilda Qo‘shma Shtatlar Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan jarayonni boshladi. Natijada “Ibrohim tinchlik kelishuvi” deb nomlangan hujjatlar to‘plami imzolandi. Bitimlarga BAA, Bahrayn va Marokash qo‘shildi.

Tramp avval ham uch marta tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan. Sobiq prezident hozircha mukofotni ololmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Nobel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing