Trampga yaqin 6 kishi koronavirusga chalindi. Oq uydagilar tashvishda

Olam

image

Donald Trampning saylovoldi kompaniyasi shtabining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda shtab direktori Tim Mert ma’lum qilmoqda. 

Vakilning qayd etishicha, shanba kuni Oklaxom shtatining Talsa shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mitingga tayyorgarlik ko‘rayotgan saylovoldi shtab a’zolari koronavirusga test topshirgan. 

“Xavfsizlik protokoliga binoan xodimlar miting oldidan COVID-19 testidan o‘tdi. Miting old guruhining olti a’zosida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va ular zudlik bilan karantinga olindi”, deydi Tim Mert. 

Timning ta’kidlashicha, koronavirus aniqlangan 6 kishi bilan yaqin aloqada bo‘lganlarning hech biri ommaviy tadbirda ishtirok etmaydi. Boshqalar esa tadbir oldidan antiseptik vositalardan foydalanadi, niqoblar taqadi, ularning tana harorati o‘lchanadi. 

Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, Tulsadagi miting koronavirus pendemiyasi boshlangandan buyon AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirokida o‘tkazilayotgan ilk ommaviy tadbir hisoblanadi. Mart oyidan buyon Tramp odatdagidek saylovchilar bilan ochiq maydonlar va sport inshootlarida uchrashmadi. 

Mitingda 19 ming kishi qatnashishi kutilmoqda. Mamlakat bosh infeksionisti Entoni Fauchi va Oq uyning koronavirusga qarshi kurashish koordinatori Debora Birks yopiq arenada o‘tkaziladigan ushbu miting bo‘yicha tashvishini bildirdi. Bunga javoban Oq uy bu kabi ommaviy tadbirlarda ishtirok etish va unda niqob taqish bo‘yicha qaror qabul qilish odamlarning shaxsiy ishi ekanini ma’lum qildi. 

Oq uy Matbuot kotibi Keyli Makenanining qayd etishicha, Kasallikning oldini olish va nazorat qilish markazi niqob taqish borasidagi tavsiyalari majburiy emas. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Oq uy Koronavirus

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing