Trampga suiqasdning oldini olish mumkin edi – hisobot 

Olam

image

Joriy yilning 13 iyul kuni Pensilvaniyada AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi tashviqoti mitingi chog‘ida suiqasd uyushtirilishining oldini olish mumkin edi. Bunday xulosa ushbu hodisani tekshirgan AQSH Kongressi Vakillar palatasi ishchi guruhining kecha, 21 oktyabr kuni e’lon qilingan hisobotida keltirilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng jiddiy muvaffaqiyatsizlik Maxfiy xizmat xodimlari va mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida to‘g‘ri rejalashtirish va muvofiqlashtirish yo‘qligi edi. Bu Trampning mitingdagi nutqi vaqtida yaqin atrofdagi bino tomidan o‘t ochgan kishini xavfsizlik xodimlari oldindan aniqlab, zararsizlantira olmaganiga sabab bo‘lgan.

Maxfiy xizmat xodimlari mahalliy huquq-tartibot idoralari vakillariga miting perimetri tashqarisida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha "aniq ko‘rsatmalar bermagan" va birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun yig‘ilishlar o‘tkazmagan.

“13 iyuldagi fojiali va larzaga keltiruvchi voqealarning oldini olish mumkin edi, ular sodir bo‘lmasligi kerak edi”, deyiladi Kongress ishchi guruhi a’zolari xulosasida. 

Donald Trampga suiqasd

2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida 20 yoshli Tomas Metyu Kruks Donald Tramp bilan miting o‘tkazilayotgan joy yaqinidagi binoning tomiga chiqib, o‘t ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kruks bir necha marta o‘q uzishga muvaffaq bo‘lganidan keyingina otishmachi politsiya snayperi tomonidan o‘ldirilgan.

O‘qlardan biri Donald Trampning qulog‘iga tegib, miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi.

Ushbu voqeadan o‘n kun o‘tib, AQSH maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl iste’foga chiqdi.

Ikkinchi urinish 15 sentyabr kuni Floridadagi golf klubida sodir bo‘ldi. 58 yoshli Rayan Uesli Rut o‘sha paytda golf o‘ynayotgan Trampga miltiqni panjaradan o‘tkazdi. Tergov davomida prokuratura, uning fikricha, Trampga rejalashtirilgan suiqasd faktini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi. Gumonlanuvchining “Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinish”ga ishora qilgan xati, shuningdek, Tramp nutqlari sanalari va joylarining qo‘lyozma ro‘yxati topildi.

Hujum qilgani taxmin qilinayotgan shaxs hozircha o‘z aybini tan olmadi. Advokatlar uni garov evaziga qo‘yib yuborishga urinib ko‘rishdi. Uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp suiqasd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing