Trampga suiqasd ortidan Maxfiy xizmat rahbari iste’foga chiqdi
Olam
−
23 iyul
6781AQSH Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl o‘z agentligi AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasdning oldini ololmagani uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda CNBC telekompaniyasi xabar berdi.
Qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan. Chitl Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasining tinglovida suiqasdga urinish Maxfiy xizmat tomonidan "katta muvaffaqiyatsizlik" ekanligini va uning oldini olish mumkinligini tan oldi.
Tinglovda qatnashgan bir necha qonunchilar Chitlni o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga ochiqchasiga chaqirdi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden tez orada xizmatga yangi direktor tayinlashini aytdi.
LiveBarchasi