Trampga suiqasd bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi
Olam
−
04 Sentabr
9250Oq uyning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda kongressmen Kley Xiggins rasmiy veb-saytida keltirilgan.
Hisobotga ko‘ra, ofitser o‘q uzgandan so‘ng, Kruks o‘q uzishni to‘xtatgan. Shundan Maxfiy xizmat mergani tomonidan zararsizlantirilgan. Biroq, AQSH Maxfiy xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Ronald Rou iyul oyi oxirida bergan bayonoti chog‘ida o‘q uzgan politsiyachini umuman tilga olmagan.
“To‘qqizinchi o‘q (xabarga ko‘ra, dastlabki sakkizta o‘qni Kruks bino tomidan otgan) yerdan Butler okrugi SWAT zobiti tomonidan otilgan. O‘q Kruksga tegib uni jarohatlagan”, deyiladi hisobotda.
Shuningdek, kongressmen Kley Xigginsning hisobotiga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati suiqasd sodir etilgan kuni mahalliy politsiya tomonidan aloqa uchun ajratilgan radio tizimlarni o‘zlari bilan olib ketmagan. Maxfiy xizmat gumonlanuvchi o‘q uzishni boshlaganidan keyingina uni payqagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 iyul kuni mamlakatning Pensilvaniya shtatida saylovoldi nutqi chog‘ida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirilgan va Tramp qulog‘idan yaralandi. Respublikachi Trampga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, uni otgan odamning shaxsi ochiqlandi. Suiqasdni Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks uyushtirgani ma’lum bo‘ldi. Atrofdagilardan biri halok bo‘lgan, yana ikki nafari jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl o‘z agentligi AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasdning oldini ololmagani uchun iste’foga chiqdi. Adliya vazirligi esa Eron hukumati bilan aloqasi borligi da’vo qilinayotgan pokistonlik shaxsni siyosiy qotilliklarni amalga oshirishga uringanlikda aybladi, bu Qo‘shma Shtatlar hukumatini sobiq prezident Donald Tramp va boshqa rasmiylar xavfsizligini kuchaytirishga undadi.
LiveBarchasi