Trampga qarshi yetarlicha dalillar bor edi – Smit
Olam
−
14 yanvar
3672AQSH Adliya vazirligi maxsus hisobotida 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha Trampga qarshi dalillar sudlanganlikni ta’minlash uchun yetarli edi. Agar Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonmaganida, u sudlangan bo‘lardi. Bu haqda iste’foga chiqqan maxsus prokuror Jek Smit bayonotida keltirilgan.
“Qabul qilinadigan dalillar sudda ayblovni ta’minlash uchun yetarli edi”, deyiladi hisobotda.
Uni maxsus prokuror Jek Smitning o‘zi tayyorlagan.
Smit Trampga qarshi Jo Bayden g‘alaba qozongan 2020 yilgi AQSH prezidentlik saylovi natijalarini noqonuniy ravishda bekor qilishga uringani haqidagi ayblovlarni tekshirayotgan edi.
Hisobotda Smit Trampni turli yo‘llar bilan “hokimiyatni noqonuniy ravishda saqlab qolishga misli ko‘rilmagan urinishlar”da, jumladan “uning raqibi sifatida qabul qilinganlarga nisbatan tahdid va zo‘ravonlikni rag‘batlantirishda” ayblaydi.
2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha Trampga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish 2024 yil noyabr oyi oxirida, siyosatchi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan ko‘p o‘tmay, to‘xtatilgan edi.
“Adliya vazirligi konstitutsiya amaldagi Prezidentni federal jinoiy ta’qib qilishni taqiqlaydi, deb uzoq vaqtdan buyon ta’kidladi, ammo saylov natijalari birinchi marta, agar allaqachon ayblangan fuqaro prezident etib saylangan bo‘lsa, qonunni qanday talqin qilish kerakligi haqida savollar tug‘dirdi”, deyiladi xabarda.
Nashr qilingan hisobotga Smitning AQSH Bosh prokurori Merrik Garlandga yozgan maktubi ilova qilingan.
“Biz ishni sudga olib bora olmagan bo‘lsakda, menimcha, jamoamiz qonun tamoyillariga oxirigacha amal qilgani juda muhim”, deb yozadi Smit o‘z maktubida.
Hisobot e’lon qilinganidan so‘ng, Donald Tramp Smitni “aqldan ozgan” va uning tergov natijalarini soxta deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Adliya vazirligi tomonidan mamlakatning saylangan prezidenti Donald Trampning 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini sertifikatlashtirishga ta’sir o‘tkazishga urinishini tekshirish uchun tayinlangan maxsus maslahatchi Jek Smit o‘z lavozimini tark etgandi. Smit 2022 yilning noyabr oyida ish bo‘yicha maxsus maslahatchi etib tayinlangan va u Tramp qarorgohida maxfiy hujjatlarning noto‘g‘ri saqlanishini ham tekshirgan. Tramp 2024 yilda AQSH prezidenti etib qayta saylanganidan ko‘p o‘tmay, Smit suddan respublikachiga qarshi ishni to‘xtatishni so‘radi – maxsus prokuror u ayblovlarga rozi ekanligini ta’kidladi, ammo mamlakat Adliya vazirligining siyosati jinoiy ta’qib qilishni nazarda tutmaydi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar