Trampga Erondan “sirli sovg‘a” yuborildi
Olam
−
18:52 8701 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar doirasida “sirli sovg‘a” olganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 24 mart kuni Oq uyda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
“Ular menga sovg‘a jo‘natishdi. U menga bugun yetib keldi. U juda katta va aqlbovar qilmas darajada qimmat”, deydi Tramp.
Odatda o‘zining sovg‘alarini boshqalarga maqtanishni yoqtiradigan Oq uy rahbari bu galgi sovg‘asini sir tutgan.
“Men sizlarga u sovg‘a nima ekanligini aytmoqchi emasman. Ammo shuni ayta olamanki, u juda qadrli”, deydi Tramp jurnalistlarga qarata.
Shuningdek, Tramp “Fox News” jurnalistining “Sovg‘angiz yadroga aloqadormi?” degan savoliga “Yo‘q, u neft va gaz bilan bog‘liq. Ular menga juda ajoyib narsa berishdi va men to‘g‘ri odamlar bilan muzokara qilayotganimni isbotlashdi”, deya javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eron yadroviy quroldan voz kechishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u Eron harbiy infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rganini va Eron hukumati muzokaralarga “muhtoj” ekanligini aytgandi.
Live
Barchasi