Tramp JCH taqdirlashida ishtirok etadi – OAV
Sport
−
16 iyun 1228 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) AQSH Prezidenti Donald Trampga Jahon chempionati kubogini g‘oliblarga topshirish imkonini bermoqchi. Bu haqda “talkSPORT” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, FIFA Trampga 2026 yilgi Jahon chempionati g‘oliblariga kubokni shaxsan topshirish imkonini berishi mumkin.
Amaldagi protokolga ko‘ra, Jahon chempionati kubogi avval shohsupaga qo‘yiladi. Keyin esa, chempion jamoa futbolchilaridan biri uni ko‘tarib, butun jamoa bilan birgalikda g‘alabani nishonlaydi.
Xabar qilinishicha, FIFA Trampning taqdirlash marosimidan keyin maydonni tark etishi yoki futbolchilar bilan birgalikda g‘alabani nishonlashi borasidagi qarorni uning o‘ziga havola qilgan.
Marosimda 2026 yilgi Jahon chempionati mezbonlari bo‘lgan AQSH, Kanada va Meksika rasmiylari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda AQSHda yangi formatdagi ilk Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilgan edi. O‘sha turnirda Angliyaning “Chelsi” klubi g‘olib chiqqan va finaldan so‘ng Donald Tramp kubokni jamoaga topshirgan. Shuningdek, u futbolchilar bilan birga sahnada qolib, g‘alabani nishonlash marosimida ham ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatining final bahsi 19 iyul kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi