Tramp Jahon chempionatidan olgan daromadini oshkor etdi
Sport
−
12:07 1898 1 daqiqa
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSH iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirib, 160 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishiga hissa qo‘shdi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining “TruthSocial” tarmog‘ida ma’lum qildi.
“FIFA Jahon chempionati iqtisodiyotimizga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va 160 mingdan ziyod ish o‘rnini qo‘llab-quvvatladi”, deydi Tramp.
Avvalroq, 2025 yil avgust oyida Tramp Jahon chempionati AQSH iqtisodiyotiga 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ olib kirishi va 185 mingta ish o‘rni yaratishi kutilayotganni aytgan edi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Final uchrashuvi uchun eng arzon chiptalar 6 095 dollar, o‘rtacha narx 9 395 dollar, mediana esa 8 048 dollar atrofida sotilgandi.
Live
Barchasi