Tramp Jahon chempionati finaliga boradi
Sport
−
12:38 832 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) sharafiga uyushtiriladigan qabul marosimida ishtirok etadi va Jahon chempionati finaliga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt ma’lum qildi.
“Bugun AQSH Prezidenti Manhettendagi “Trump Tower”da bo‘lib o‘tadigan FIFA qabul marosimida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka boradi. Shundan so‘ng, 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Jahon chempionati finalini stadiondan kuzatadi”, deydi Livitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda.
2026 yilgi Jahon chempionatining finalida amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi Yevropa chempioni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp finaldan so‘ng g‘olib jamoaga Jahon chempionati kubogini topshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionatining finalini sloveniyalik tajribali hakam Slavko Vinchich boshqarishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi