Tramp Zelenskiyni Oq uyda kutmoqda

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Ukraina resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha bitim tuzishda “marraga juda yaqin”, ammo hujjat Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga bo‘lajak tashrifi vaqtida imzolanmasligi mumkin. Bu haqda bugun, 26 fevral kuni Oq uy matbuot kotibi Karolina Livitt jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

“Prezident Tramp aytganidek, muhim minerallar va nodir yerlar bo‘yicha kelishuv mutlaqo muhim. Bu kelishuvni amalga oshirish nuqtai nazaridan biz marraga juda yaqinmiz”, degan Oq uy matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Oq uyda Zelenskiyni kutmoqda.

“Prezident (Tramp) kecha (25 fevral) Zelenskiyni (kelishuvni) imzolash uchun Oq uyga kutib olishini yoki Zelenskiy buni xohlasa, tashrif buyurishini aytdi”, degan Livitt.

U gap Zelenskiyning 28 fevral kuniga rejalashtirilgan Vashingtonga tashrifi haqida ketayotganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, u Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi bilan ushbu rejalar o‘zgargan-o‘zgarmaganini ikki marta tekshirishga va’da bergan.

“Amerika rahbari avvalroq ham bu kelishuv muhim ekanini ta’kidlagan”, degan Oq uy vakili

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘plab OAVlar ukrainalik manbalarga tayanib, Ukraina va AQSH tabiiy resurslar bo‘yicha bitim shartlariga kelishib olgani, Vashington dastlab taklif qilingan eng qat’iy shartlardan, xususan, AQSH Ukraina qazilma boyliklaridan olinadigan potensial 500 milliard dollar daromadga egalik qilish talabidan kechgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing