“Tramp yulduzi”ni qora rangga bo‘yab ketishdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Gollivudda joylashgan “Shon-sharaf alleyasi”dagi yulduziga tajovuz qilindi. TMZ portalining xabar berishicha, Trampning ismi tushirilgan esdalik belgisini qora rangga bo‘yab ketishgan.

Nashrning xabar berishicha, o‘tgan dam olish kunlari noma’lum shaxslar yulduzni to‘liq qora rangga bo‘yab tashlashgan. Material mualliflarining taxmin qilishicha, ushbu aksiya, ehtimol, afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi fonida yuz berayotgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. TMZ portalining ma’lum qilishicha, qoraga bo‘yalgan yulduz yonida ko‘k rangda "BLM" (Black Lives Matter - "Qora tanlilarning hayoti ham muhim) yozuvi bitilgan.

Davlat rahbarining ushbu yulduzi uning ishidan norozi bo‘lganlar tomonidan bir necha bor shikastlangan. 2016 yilning oktyabr oyida Jeyms Otis yulduzga bolg‘a bilan urgandi. Shundan so‘ng, u ta’mirlandi, ammo shu yilning iyul oyida Ostin Kleyd ismli shaxs uni kirka bilan urib, buzgandi.

2018 yilning dekabr oyida “Tramp yulduzi” yana bir bor tahqirlandi. O‘shanda u qizil rangda tasvirlangan fashistlar belgisi bilan “bezaldi”.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing