Tramp yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi
Olam
−
12 avgust 2313 1 daqiqa
Amerika Prezidenti Donald Tramp uchinchi muddatga AQSH Prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishni xohlashini aytdi, biroq mamlakat qonunlari bu borada juda qat’iy. U bu haqda Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasiga tashrifi vaqtida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qilgan.
“Men o‘z nomzodimni qo‘ymoqchi edim, lekin qonun juda qattiq”, deydi Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, “hamma” u uchinchi muddatga ham nomzodini qo‘yishini xohlaydi.
Qonunga ko‘ra, Trampning prezidentlikdagi ikkinchi muddati 2029 yil yanvar oyida tugashi kerak. 1951 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga 22-tuzatish prezidentning lavozimda bo‘lish muddatini ikki muddat bilan cheklaydi. Shunga qaramay, Amerikaning amaldagi rahbari uchinchi muddatga qayta saylanish imkoniyatini bir necha bor tan olgan.
Tramp 2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda ikkinchi marta g‘alaba qozondi. U Demokratik partiyadan nomzod Kamola Harrisni mag‘lub etdi. Tramp birinchi marta 2017-2021 yillarda Amerika ma’muriyatini boshqargan.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust