Tramp yana bir kishining o‘ldirilishini talab qilmoqda

Olam

image

Avvalroq, AQSH Usama ben Ladenning o‘g‘li haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 17 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp "Al-Qoida" asoschisi Hamza ben Ladenning o‘g‘lining o‘ldirilishini talab qildi. Prezidentning qarori jangarilar rahbarlari bilan "ramziy aloqani" butunlay yo‘q qilmoqchi ekanligini tasdiqlamoqda.

Oq uy rahbarining asosiy nishonlari qatorida ISHID terrorchilik guruhining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy ham bor edi. U 2019 yil oktyabr oyida Amerika maxsus operatsiyasi paytida yo‘q qilingan edi.

Shuningdek, Hamza ben Laden haqida ma’lumot yetkazilganga million dollargacha mukofot berilishini ma’lum qilgach, 2019 yil iyul oyida "birinchi raqamli terrorchi" o‘g‘lining o‘limi e’lon qilingan. Biroq Amerika hukumati bu ma’lumotni tasdiqlamadi. Ben Ladenning o‘g‘li qayerda va qachon o‘lgani hamda AQSH maxsus xizmatlarining bu ishga aloqasi bor-yo‘qligi ham ochiqlanmadi. 2019 yil sentyabr oyida Tramp ben Laden AQSHning maxsus amaliyoti vaqtida o‘ldirilganini da’vo qildi.

Usama bin Laden Federad qidiruv byurosi tomonidan 1998 yildan beri eng ko‘p qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan. U Amerika maxsus kuchlarining 2011 yil 2 mayga o‘tar kechasi Pokistonning Abbotobod shahridagi villasida olib borgan operatsiya natijasida yo‘q qilingan. Qo‘shma Shtatlarda, otasi vafotidan keyin Hamza guruhda yetakchilik rolini o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda deb taxmin qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp "Al-Qoida"

Baholaganlar

882

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing