Tramp va uning oilasi ustidan tergov boshlanishi mumkin
Olam
−
27 may 7095 2 daqiqa
Agar 2026 yilgi oraliq saylovlarida AQSH Kongressining biror bir palatasida Demokratik partiya ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritsa, Prezident Donald Tramp va uning oilasiga nisbatan tergov o‘tkaziladi. Bu haqda kongress a’zosi Jasmin Krokett “Breitbart”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Kongress a’zosining so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘z harakatlari bilan konstitutsiyani buzgan bo‘lishi mumkin.
“Agar yakunda Vakillar palatasi qo‘lga kiritilsa – bu men kutayotgan natija bo‘ladi. Biz Senatdagi demokrat hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlab, jiddiy harakat qilamiz. Biz tergov boshlaymiz. Shuni ham qo‘shib o‘tmoqchimanki, bizda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar bor. Biz nafaqat qonun buzilishi, balki konstitutsiyaning buzilgan yoki buzilmaganini ham aniqlashimiz kerak bo‘ladi”, degan Krokett.
Uning ta’kidlashicha, demokratlar Tramp Qatarning qirollik oilasidan “Boeing 747 samolyoti kabi qimmatbaho sovg‘ani qabul qilish orqali qonunni buzganmi-yo‘qmi” degan masalani aniqlamoqchi. Shuningdek, AQSH ma’muriyati tomonidan ayni paytda tuzilayotgan barcha biznes bitimlar yuzasidan ham tergov olib borilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning tug‘ilganlik huquqi asosida fuqarolik berishni cheklash haqidagi farmoniga qarshi 22 shtat sudga murojaat qilgandi. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, Prezidentning bu qarori AQSH konstitutsiyasining 1868 yilda ratifikatsiya qilingan va 100 yildan ortiq vaqt davomida Amerika sudlari tomonidan izohlangan 14-tuzatmasiga zid.
Live
Barchasi