Tramp va uning farzandlari firibgarlikda ayblanmoqda
Olam
−
22 Sentabr 2022
8349AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Nyu-York shtati Bosh prokuraturasi tomonidan o‘zining Trump Organization kompaniyasidagi moliyaviy firibgarlikda ayblangan. Tegishli hujjat 21 sentyabr kuni Nyu-York shtati Oliy sudining elektron ma’lumotlar bazasiga kelib tushgan.
Fuqarolik da’vosi shtat bosh prokurori Letitia Jeyms tomonidan berilgan. Ayblanuvchilar – Trampning o‘zi, uning farzandlari kichik Donald, Erik va Ivanka, Tramp tashkilotining sobiq moliya direktori Allen Vaysselberg va uning yordamchisi Jeffri MakKoni. Prokuratura ayblanuvchilar 2011 va 2021 yillar oralig‘ida Trampning yillik moliyaviy hisobotlarini ortiqcha yoki kam hisobot berish bilan bog‘liq sxema bilan shug‘ullanganini da’vo qilmoqda.
“Tramp va uning tashkiloti ushbu yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlardan banklarni eng qulay shartlarda kredit berishga undash uchun qayta-qayta foydalangan”, deyiladi da’vo arizasida.
“The Wall Street Journal”ning ta’kidlashicha, da’vo fuqarolik xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay, sudlanuvchilar jinoiy qonunchilikning bir qator bandlarini buzganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, ular AQSH federal qonunlarini buzgan bo‘lishi mumkin. Prokuratura suddan ayblanuvchilarni 250 million dollar jarima to‘lash va Tramp va uning farzandlarini Nyu-York shtatida ro‘yxatdan o‘tgan biznes yuritishini taqiqlashga hukm qilishni talab qilmoqda.
Tramp sud jarayonini “jodugar ovi”ning yana bir misoli deb atadi. O‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida u ilgari gubernator lavozimiga da’vo qilgan shtat Bosh prokurorini respublikachilarga qarshi chiqish uchun “o‘z kampaniyasini qurgan firibgar” deb atadi.
LiveBarchasi