Tramp va Putin faqat bitta shart bilan uchrashishi aytildi

Olam

image

AQSH va Rossiya Prezidentlari – Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv faqat bitta shart bilan amalga oshishi mumkin. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin avval Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralarga rozi bo‘lishi kerak. Ya’ni, avval u Ukraina rahbari bilan kelishib olishi lozim. 

Oq uydagi manbaga tayanib berilgan ma’lumotga ko‘ra, aynan shu shart muzokaralarning asosiy to‘sig‘i bo‘lib turibdi. 

“Uchrashuv bo‘lishi uchun Putin Zelenskiy bilan uchrashishi lozim. Hozircha uchrashuv o‘tkaziladigan joy aniqlanmagan”, deyiladi xabarda. 

Demak, Tramp bilan Putin uchrashuvining asosiy kaliti – Rossiya va Ukraina o‘rtasida bevosita muloqot o‘rnatilishidir.

Ushbu xabarlar fonida Rossiya tomonidan bo‘lajak uchrashuvlar haqida bir nechta yangiliklar aytilgan. Masalan, Oq uy manbasiga zid ravishda Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va AQSH Prezidentlari uchrashuvi bo‘yicha joy allaqachon kelishilganini ma’lum qilgan. Putinning o‘zi esa eng yaxshi variantlardan biri sifatida BAAni qayd etgan. Shu bilan birgalikda, OAVda Turkiya ham muzokaralar maydoni bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishga qarshi emasligini bildirgandi, biroq buning uchun muayyan shart-sharoitlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Zelenskiy Yuriy Ushakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing