Tramp-Putin muzokaralariga Turkiya ham mezbon bo‘lishi mumkin

Olam

image

Kecha, 7 avgust kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular o‘zaro suhbatda AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putinning yaqin oradagi suhbatini Turkiya hududida o‘tkazishni muhokama qilgan. 

Suhbatda qanday turdagi muloqotlar nazarda tutilgani ochiqlanmagan bo‘lsa-da, bu taklif muhim diplomatik tashabbus sifatida qayd etilgan. Aytish joizki, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ilgari ham Rossiya va AQSH rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvni Istanbulda o‘tkazishni taklif qilgan edi. 

RIA Novosti‘ga nashriga ko‘ra, suhbat davomida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning dolzarb holati ham muhokama qilingan.

Ushbu voqealar fonida Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va AQSH Prezidentlari uchrashuvi bo‘yicha joy allaqachon kelishilganini ma’lum qildi. Tramp esa, o‘z navbatida, “juda yaqin kunlarda” Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi. Ushakovga ko‘ra, bu uchrashuv 11–17 avgust oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Aniq joy esa keyinroq e’lon qilinadi. Turkiyadan tashqari, Serbiya va Shveysariya ham sammitga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirgan, shuningdek, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Vatikan ham nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishga qarshi emasligini bildirgandi, biroq buning uchun muayyan shart-sharoitlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi. Shuningdek, Putin AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv bo‘yicha ham ma’lumot bergan. Kreml xabariga ko‘ra, Rossiya va AQSH tomonlari Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvni kelasi haftaga rejalashtirgan. Uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joy haqida savolga javoban Putin jurnalistlarga Birlashgan Arab Amirliklarini “mos joy” sifatida ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Donal'd Tramp Sergey Lavrov Xoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing